Joriy yilning 14 sentyabr kuni “Yosh saylovchi – 2021’’ loyihasi doirasida Xorazm viloyatining Urganch shahrida tadbir o’tkazilib, unda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari mutaxassislari, yoshlar va OAV vakillari ishtirok etishdi (jami – 1 300 nafar).

Tadbir doirasida – munozara, huquqiy viktorina, televiktorina, o’quv-seminarlar, “Yangi O’zbekiston yoshlari – kelajak drayverlari” shiori ostida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi ilmiy-ommabop va tahliliy maqola” kabi ko’rik tanlovlar tashkil etilib, faol yoshlar va g’oliblarga sertifikatlar hamda esdalik sovg’alar taqdim etildi.
Tadbirda Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti xodimlari ham faol ishtirok etib, yoshlarga mamlakatda demokratik talablar va xalqaro standartlarga mos saylov tizimi shakllantirilganligi, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, fuqarolar, jumladan, yoshlarning saylov huquqlarini to‘la amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratish borasidagi qonunchilik izchil takomillashtirilgani tog’risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirdilar.

Fikr bildirish