Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Institutida pedagogik mahoratga bag‘ishlangan seminarlar yuqori saviyada davom etmoqda.

 

Bugun seminarlarning ikkinchi kuni bo‘lib, unda pedagogik kompetensiyalarni yanada rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini chuqur tahlil qilish hamda samarali tajriba almashish jarayonlari faol tarzda olib borildi. Seminar ishtirokchilarining yuqori faolligi tadbirning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.

 

Tadbirda institut direktori professor Aktam Jalilov, Yaponiya Nagoya Universiteti Yuqori ta’lim va inson rivoji maktabi professori Sarkar Arani, shuningdek Toshkentdagi Nogai Universiteti direktori Eldorjon Elmurodov ishtirok etmoqdalar. Xalqaro tajriba almashish, innovatsion pedagogik metodlarni joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Seminar tinglovchilari sifatida O‘zbekistondagi turli institutlar pedagoglari qatnashmoqda. Ularning faol ishtiroki, savol-javoblar va professional munozaralar ta’lim jarayoniga ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Seminarning birinchi kunida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlilchisi Sanjar Bekmurodov Yaponiya pedagogikasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazib, yapon ta’lim tizimida qo‘llaniladigan samarali yondashuvlar va amaliyotlarni keng yoritgan edi.

Fikr bildirish