So’nggi uch yil ichida Rossiyada oliy ta’lim olayotgan xorijlik talabalarning soni 26 mingga ko’paygan. 2019-yilda Rossiya OTMlarida 298 ming, 2020-yilda 315 ming, 2021-yilda esa 324 ming chet ellik talaba yoshlar tahsil olgan.
Oliy ta’lim olish uchun mamlakatga asosan Qozog’iston (61 ming), O’zbekiston (48,7 ming), Xitoy (32,6 ming), Turkmaniston (30,6 ming), Tojikiston (23,1 ming), Hindiston (16,7 ming), Misr (12,4 ming), Belarus (10,2 ming), Ukraina (9,1 ming) va Qirg’iziston (8,6 ming) kabi davlatlardan yoshlar tashrif buyurmoqda.
Xorijlik talaba yoshlar o’rtasida eng ommabop ta’lim yo’nalishi – tibbiyot bo’lib, yuqoridagi barcha mamlakatlardan kelgan abituriyentlar mazkur yo’nalishdagi fakultetlarga kirishga harakat qilishadi. Shuningdek, tibbiyotdan tashqari, iqtisod va menejment kabi yo’nalishlar qozoq va o’zbek talaba yoshlari o’rtasida yuqori talabga ega.

Fikr bildirish