Joriy yilning 30 iyun kuni O’zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi, Tayland yoshlari hayot darajasini oshirish instituti va Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamkorligida O’zbekiston va Tayland yoshlari o’rtasida o’zaro tajriba almashish maqsadida “Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi davlatlari yoshlar tashkilotlari boshqaruvi” mavzusidagi o’quv-trening tashkil etildi.

 

 

Onlayn tarzida tashkil etilgan o’quv-treningda Fatoni Universiteti xalqaro aloqalar va bitiruvchilar bo’yicha rektor o’rinbosari professor, doktor Sukri Langpute (Fatoni Universiteti) hamda Banpaka maktabining direktori Xamdi Kodaye ishtirok etishdi.
O’quv-treningda O’zbekiston Respublikasidan Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti professor o’qituvchilari, xodimlari hamda Tayland yoshlari hayot darajasini oshirish instituti a’zolari ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

Fikr bildirish