Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil mamlakatimizda – “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilinganligini inobatga olib, ichki ishlar organlari tizimidagi yosh xodimlarning taklif va tashabbuslarini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash, faol yoshlar bilan davlat boshqaruv organlari, jamoat va ilmiy tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash orqali Yangi Oʻzbekistondagi zamonaviy yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining yoshlar siyosati borasidagi tegishli topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning 18-25-dekabr kunlari “Yoshlar haftaligi-2024” deb eʼlon qilindi.
Shuningdek,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat Boshqaruv Akademiyasi va Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyati o’rganilinib o’quv seminarlari tashkil etildi.Bundan ko’zlangan maqsad,geosiyosiy vaziyatlarning yurtimizga ta’siri va ahamiyati yuzasidan rolli mavjud muammolar muhokamasi va yoshlar bilan ochiq muloqot jarayonlari tashkil etildi.