Joriy yilning 31- yanvar kuni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hodimlari, tayanch tayanch doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilari Davlat Xizmatlari Kolleji (Civil Service College/Byuk Britaniya) tomonidan tashkil etilgan “Insoniy liderlik” mavzusidagi vebinarda ishtirok etishdi. Vebinar ma’ruzachisi sifatida 25 yillik tajribaga ega xalqaro toifali ekspеrt, FDM Groupda kadrlar bo‘yicha direktori Paula Lich tomonida olib borildi.
Vebinarda “Insoniy liderlik” nima, liderlikni modellashtirish bo‘yicha ma’lumotlar hamda liderlik xususiyatlarini shakillashtirish borasida amaliy va nazariy tavsiyalar berildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga, vebinar davomida ham nazariy ham hayotiy misollar orqali javob olishdi.