Joriy yilning 1 -avgust kuni UNESCOning (Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha maxsus tashkiloti) vakolatxonasida Institutimiz rahbariyati hamda UNESCOning rahbari Fuad Pashayev bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tomonlar ikki tomonlama samarali hamkorlik masalalarini hamda kelajakda uni yanada rivojlantirish yo’llari muhokama qildilar.


Institut direktori Aktam Jalilov UNESCOning O’zbekistondagi moddiy hamda nomoddiy madaniy boyliklarini saqlashdagi muhim roli haqida to’xtalib o’tdilar.

– So’nggi yillarda UNESCO tarafdan tashkilot shiori ostida qilingan ishlar samarasi madaniy merosimizni boyitish hamda mustahkamlashda muhim qadam bo’lgani amalda ko’rinib turibdi, – deb ta’kidladi Aktam Jalilov

Fuad Pashayev Aktam Jalilovni qutlab – ushbu uchrashuvni tashkilot hamda davlat muassasalari bilan aloqalarni davom ettirishning mantiqiy davomi bo’lishi hamda o’zaro manfaatlar kesimida muhim savollarni muhokama qilishga qulay vaziyatdir, – deb aytib o’tdi.

– Institut tomonidan konsultativ uchrashuv tashkillashtirish tashabbusi hamkorligimizni sermahsul bo’lishini mustahkamlaydi. Kelajakdagi hamkorligimiz uchun erishilgan kelishuvimiz muhim ahamiyatga egadir, – deb izoh berdi UNESCOning O’zbekistondagi bosh vakili.


Uchrashuv davomida respublikamiz yosh liderlari uchun moddiy va nomoddiy madaniy meroslar to’g’risida qo’shma treninglar o’tkazish to’g’risida kelishib olindi.

Fikr bildirish