Joriy yilning 21-22 oktyabr kunlari Rossiyada birinchi marotaba “Kelajak turizmi – turizm kelajagi” xalqaro talabalar turistik kongressi bo’lib o’tadi.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad yoshlarda turizm sohasiga oid kasblarga nisbatan qiziqishni oshirish, kasbga erta yo’naltirish, ushbu masaladagi loyiha va dasturlarga yoshlarni keng jalb etishdan iborat.
Kongress doirasida plenar va loyiha sessiyalari, vebinarlar, munozaralar va davra suhbatlari o’tkazilishi rejalashtirilib, ularda 10 mingdan ortiq yoshlar ishtiroki nazarda tutilgan.