Shotlandiya hukumati COVID-19 pandemiyasidan keyingi ta’lim tizimini tiklash bo’yicha rejalarini ma’lum qildi:
– 2022-yilda imtihon topshiradigan talabalarni qo’llab-quvvatlash;
– maktablarda o’quvchilar uchun ruhiy salomatlik va farovonlikka oid maslahat sessiyalarini tashkil etish;
– joriy parlament muddati mobaynida qo’shimcha 3 500 o’qituvchi va 500 yordamchi xodimlarni yollash;
– ta’lim tizimini tiklash va ta’lim olish masalasida barchaga bir xil imkoniyatlar yaratish maqsadida 1 mlrd funt sterling mablag’ ajratish.
Hozirgi kunga qadar mamlakatda o’quvchilar, talabalar va xodimlarni qo’llab-quvvatlashga 500 mln funt sterling sarflangan.