Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tadqiqot natijalariga ko’ra, yaqin orada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovlari tashkil etiladigan bo’lsa, ularda yoshlarning 37 foizi O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, 16,4 foizi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, 15,4 foiz O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, 7,1 foizi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va atigi 5 foizi O’zbekiston Ekologik partiyasi nomzodlariga ovoz berishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Biroq, yoshlarning beshdan bir qismi (19,1%) mazkur saylovlarda ishtirok etmasliklarini ma’lum qilishgan.