2021 yil 29 iyunda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti qoshidagi ilmiy daraja beruvchi № DSc.03/30.12.2019.P.01.07 raqamli ilmiy kengash majlisida O’zMU psixologiya kafedrasi dotsenti D.I.Ilxamova «Surunkali somatik kasalliklar bilan xastalangan bolalar reabilitatsiyasining psixosotsial determinantlari» mavzusidagi 19.00.04 – “Tibbiyot psixologiyasi va maxsus psixologiya” ixtisosligi bo’yicha psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun amalga oshirgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Dissertantning rasmiy opponenti professor K.B.Qodirov “ZOOM” platformasi orqali mazkur ilmiy kengashda masofaviy tarzda ishtirok etdi hamda dissertatsion tadqiqotning tahliliga bag’ishlangan ma’ruzasi bilan chiqish qildi.

 

 

 

Fikr bildirish