Joriy yilning 19-aprel kuni Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tayanch doktorantlari va stajyor tadqiqotchilari Shahidlar xotirasi xiyoboni va Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida doktorantlar XIX asrning oʻrtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari, Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20-80 yillardagi qatagʻonlar, Mustaqil Oʻzbekistonda qatagʻon qurbonlari xotirasining eʼzozlanishi kabi bo‘limlarni aylanib, katta taassurotlar olishdi.

Bugun muzeyga borgan har bir doktorantning qalbidan “Biz mustaqillik uchun nima qilyapmiz?!” degan savol o‘tdi. Bu olijanob tuyg‘u bo‘lg’usi olimlarning maqsadni katta olishida ilhom manbai bo‘lishi shubhasiz.

 

 

 

Fikr bildirish