Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.05.2023 yildagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan «Prokuratura organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish» kontseptsiyasi doirasida Bosh prokuraturada navbatdagi maʼrifat tadbiri tashkil etildi.

 

Tadbirda Yoshlar agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori, siyosiy fanlar doktori, professor Аktam Jalilov ishtirok etib, “Dunyodagi geosiyosiy tendentsiyalar va Markaziy Osiyo xavfsizligi” mavzusida maʼruza qilib, jahon siyosatidagi soʼnggi tendentsiyalar haqida maʼlumot berdi.

Ishtirokchilar oʼzlariga qiziqarli boʼlgan savollarga javob olishdi.

Oʼzbekiston Respublikasi prokuraturasi jamoasi А.Jalilovga tashrif uchun oʼz minnatdorchiligini bildirib, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Sayt (https://www.prokuratura.uz/)

Telegram (https://t.me/uzbprokuratura)

Instagram (https://www.instagram.com/boshprokuratura)

YouTube (https://www.youtube.com/@uzbprokuratura)

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100092602076596)

Fikr bildirish