15-noyabr kuni institutimiz Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon delegatsiyasini qabul qilib, yaqindan hamkorlik masalalari hamda mavjud dasturlar bo‘yicha suhbat olib borildi.

Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon vakillari Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tashrif buyurdi

15-noyabr kuni institutimiz Markaziy Osiyo davlatlari, hususan: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Tashrif davomida mehmonlarga institut faoliyati, tadqiqot yo‘nalishlari va ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi “Yoshlar” ilmiy-tadqiqot markazining Tahlil va kommunikatsiyalar boshqarmasi eksperti Laura Sansizbaeva ham ishtirok etdi. U delegatsiya bilan birga institutning yoshlar bilan ishlash faoliyati bilan tanishdi.

 

 

Delegatsiya uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Siyoasti va Boshqaruvi Akademiyasidagi o‘quv auditoriyalari, kutubxona va infratuzilma bo‘linmalari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Mehmonlarga zamonaviy yoshlarni o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlashga qaratilgan metodologiyalar va tahliliy vositalar batafsil tanishtirildi.

Tashrif doirasida institut direktori professor Aktam Jalilov va delegatsiya a’zolari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar xalqaro hamkorlik, tajriba almashish masalalari, shuningdek, qo‘shma tadqiqotlar va ekspert tashabbuslarida ishtirok etish istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi va muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tashrif institutimiz va mintaqadagi tashkilotlar o‘rtasidagi professional aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

Fikr bildirish