Oksford Kauntida yoshlarga mahalliy sharoitda ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot beruvchi kampaniya ish boshladi.
Olti hafta mobaynida, yoshlar, ota-onalar, o’qituvchilar va boshqa Oksford jamoasi vakillari 5 ta bandlik sektorida mavjud ish o’rinlari yoritilgan video lavhalarni ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ushbu video materiallar workinoxford.ca veb-saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi. Maktablar bundan o’quv dasturlarga qo’shimcha sifatida foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Mazkur loyiha 7-12 sinf o’quvchilariga mo’ljallangan.

Fikr bildirish