P. G. Demidov nomidagi Yaroslavl davlat universiteti va Yaroslavl davlat tibbiyot universiteti olimlari tomonidan talabalarning ovqatlanish ratsioni o’rganilib, «Sog’lom ovqatlanish maktabi» ni tashkil etish qaroriga kelingan.
Olimlar OTM talabalarining iste’mol qiladigan oziq-ovqat miqdori va tarkibi, ovqatlanish odatlari haqidagi ma’lumotlarini tahlil qilgan. Tadqiqotlar bir necha yillar davomida amalga oshirilib, bunga ortiqcha vazn muammosiga duch kelayotganlar sonining ko’payishi sabab bo’lgan.
Tashkil etilishi rejalashtirilgan «Sog’lom ovqatlanish maktabi» da to’g’ri ovqatlanish bo’yicha chuqur bilim berish va ushbu masalada yoshlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash nazarda tutilgan. Shuningdek, ushbu maktabda tahsil oluvchi yoshlar nafaqat OTM va loyiha ekspertlari, balki taniqli shifokorlar, psixologlar va sportchilar bilan yaqin hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Fikr bildirish