Kasbiy rivojlanishni monitoring qilish va o‘qishlarni tashkil etish bo‘limi Institutning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g’risida”gi PQ-4768-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Institut faoliyatiga doir buyruq va farmoyishlari, Institut Ustavi, Ilmiy Kengash qarorlari, Institut direktorining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq faoliyat olib boradi.
Kasbiy rivojlanishni monitoring qilish va o‘qishlarni tashkil etish bo‘limining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi, ya’ni hududlar va tarmoqlar kesimida davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining istiqbolli yosh kadrlarini qayta tayyorlash bo‘yicha 4 oygacha va 1 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil etib, Institut bitiruvchilarining kasbiy o‘sishi va professional rivojlanishini monitoring qilish tizimini yaratadi.
Bo‘limning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
– o‘quv kurslar bo‘yicha tashkiliy va tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish;
– tinglovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Institutning ichki tartib va intizom qoidalari bilan tanishtiradi va nazorat qilish;
– tinglovchilarning stajirovka va malakaviy amaliyot o‘tashlarini tartibga solish mexanizmlarini rejalashtirish va amalga oshirish;
– o‘quv jarayonini tashkil qilishni tartibga soluvchi me’yoriy-xuquqiy va boshqa xujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish;
– tinglovchilar o‘rtasida anketa-so‘rovnomalarini tashkil qilish va ularni tahlil qilish;
– Institut bitiruvchilarining kasbiy o‘sishini monitoring qilish;
– Institut bitiruvchilarining onlayn bazasini yaratish;
– Institut kafedralarini o‘quv ishlari bo‘yicha yillik ish rejalarini o‘z vaqtida bajarilishini monitoring qilish va boshqalardan iborat.
BO‘LIM TARKIBI:
Murojaat uchun Tel: (+998 71) 232-61-31 , E-mail: study@yomi.uz