Hukumat tomonidan jami 53 ta chet tilini o’rgatish bo’yicha o’rta muddatli reja ishlab chiqilgan. Ushbu tillar hozirda keng tarqalmagan bo’lsada, davlatlararo munosabatlarda muhim o’rin tutadi.
Onlayn darslarni tashkillashtirishga malakali chet tili o’qituvchilari jalb etilib, ular boshlang’ich, o’rta va yuqori sinf maktab o’quvchilariga ta’lim berishadi.
Shuningdek, K-MOOC onlayn ta’lim dasturi doirasida 2026 yilgacha o’quv kurslari sonini 21 tadan 60 tagacha ko’paytirish rejalashtirilmoqda.