So’nggi yarim yil ichida Xitoyda 14 mingdan ortiq onlayn-o’yinlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar faoliyati tugatildi. Buning sababi, davlat organlari tomonidan o’yin ishlab chiqarish va tarqatish uchun litsenziyalar berishning to’xtatilganligi.
Shuningdek, mamlakatda onlayn-o’yin ishlab chiquvchi studiyalardan tashqari, ularni targ’ib qiluvchi noshirlik korxonalari, turli autsorserlar va reklama firmalari ham yopilmoqda. Yirik kompaniyalar esa shtatlarni qisqartirmoqda.
2021-yilda Xitoy hukumati tomonidan yoshlarning onlayn-o’yinlarga qaramligini oldini olish maqsadida ma’lum cheklovlar joriy qilingan.

Fikr bildirish