“Ipoteka-bank” ATIB rahbariyatining tashabbusi bilan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 29 iyun kuni “Ipoteka-bank” ATIB bosh ofisi majlislar zalida “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida “Ipoteka-bank” ATIB boshqaruv raisi o‘rinbosari M.Abduraxmanov, Yetakchilar Kengashi raisi – Boshqaruv Raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Baxramov hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti o‘qituvchisi A.Usmonovlar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida institut o‘qituvchisi A.Usmonov “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri” mavzusida bevosita bankning boshqaruv ofisi xodimlari va viloyat filiallari xodimlariga “ZOOM” platformasi orqali masofaviy tarzda ma’ruza qildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
“Ipoteka-bank” ATIB va Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida ham davom etib boradi.