2019 yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga Yoshlarga oid muammolarni tadqiq etishga oid quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha
QABUL E’LON QILADI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT BOSHQARUVI AKADEMIYASI QOSHIDAGI YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLI KADRLARNI TAYYORLASH INSTITUTI
2019 yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga Yoshlarga oid muammolarni tadqiq etishga oid quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha
TAYANCH DOKTORANTURA:
(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)
- 23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” – 1 o‘rin;
- 08.03.13 – “Menejment” – 1 o‘rin;
- 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” – 1 o‘rin;
- 22.00.01 – “Sotsiologiya nazariyasi, tarixi va metodologiyasi” – 1 o‘rin;
Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
Magistr darajasiga yoxud oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha)ga ega bo‘lganlar;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.
Talab qilinadigan hujjatlar:
Ariza;
Qisqa biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplom yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
DOKTORANTURA:
(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)
- 23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” – 1 o‘rin;
- 08.03.13 – “Menejment” – 1 o‘rin;
- 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” – 1 o‘rin;
- 22.00.01 – “Sotsiologiya nazariyasi, tarixi va metodologiyasi” – 1 o‘rin;
Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yohud ularga tenglashtiriladigan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yohud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishgan, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lganlar.
Talab qilinadigan hujjatlar:
Ariza;
Qisqa biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
Tadqiqod mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyixasi;
Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari.
Doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
MUSTAQIL IZLANUVCHILIK:
(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)
- 23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” – 1 o‘rin;
- 08.03.13 – “Menejment” – 1 o‘rin;
- 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” – 1 o‘rin;
- 22.00.01 – “Sotsiologiya nazariyasi, tarixi va metodologiyasi” – 1 o‘rin;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:
Magistr diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar;
Belgilangan ilmiy maqolalarga ega bo‘lganlar;
Kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvoxnomalari)ga ega bo‘lganlar.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomgp ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofik ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiradi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
Ariza;
Qisqa biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplom nusxasi;
Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
Ish joyidan tavsifnoma;
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xujjatlar 2018 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari joriy yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45 uy.
Murojaat uchun telefonlar: (99891) 1627117
Elektron manzil: gsadiyeva@inbox.ru