Joriy yilning 2-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaning Intellektni rivojlantirish хalqaro instituti (IMEA – International Mind Education Institute) direktori Doktor Jo Gyu-Yun boshchiligidagi delegatsiya vakillari Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori professor Aktam Jalilov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Janubiy Koreya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida yoshlar bilan ishlash sohasidagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi. Tomonlar istiqbolda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini birgalikda amalga oshirishga rejalashtirib oldi.
Shuningdek, Institut professor-o‘qituvchilari, tadqiqodchilari va xodimlari uchun Doktor Jo Gyu-Yun tomonidan «Shaxsning intellektual rivojlanishining zarurligi va ahamiyati» mavzusida ochiq seminar o‘tkazildi. Seminar davomida insonlardagi ongni o‘zgartirish shartlari va ularning jamiyat hayotiga ta’siri haqida so‘z yuritildi.
Doktor Jo Gyu-Yun mental ta’lim bo‘yicha sanoqli mutaxassislaridan biri bo‘lib, 100 dan ortiq mamlakatlarda seminar-treninglar oʻtkazgan.