Joriy yilning 25-aprel kuni Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tayanch doktorantlari va stajyor tadqiqotchilari uchun amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda 2-bosqich doktoranti Abdullayeva Taxmina Baxtiyor qizi o‘zining “Markaziy Osiyo mamlakatlari partiyaviy tizimlari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi ilmiy dissertatsiya ishi I bobi – “Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi partiyaviy tizimlarning umumiy tavsifi” bo‘yicha nazariy-metodologik ma’lumotlar berib o‘tdi.
Doktorantlar o‘rtasida bunday taqdimotlarning tashkil etilishi o‘zaro tajriba almashinuvga olib keladi. Mashg‘ulot davomida doktorantlar va stajyor tadqiqotchilar o‘zlari uchun muhim ma’lumotlar olishdi.