O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023 yil 2-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi.
✅Hujjatlar joriy yilning 15 yanvaridan 15 fevraliga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
❗️Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.
Institutda mavjub ixtisosliklar:
08.00.13 — Menejment
19.00.05 — Ijtimoiy psixologiya, yetnopsixologiya
22.00.02 —Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi
23.00.02 — Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
Maʼlumot uchun, talabgorlar hujjatlari ilmiy yoki taʼlim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etiladi. Shuningdek, yuqorida belgilangan muddatlarda talabgorlarning hujjatlari qabul qilinishi lozim.