Mamlakat tarixida eng ko’p talaba yoshlar (128 ming) 2006-2007-yillarda qayd etilgan. 2019-yilda ularning soni keskin kamayib, 56 ming nafarga yetgan va so’nggi ikki yillik ko’rsatkich 59,6 ming nafarni tashkil etmoqda.
“Viitorul” taraqqiyot va ijtimoiy tashabbuslar institutining (IDIS) eksperti V. Ionitsening ta’kidlashicha, 13 yil davomida mamlakatda talaba yoshlarning keskin kamayishiga sabab bo’lgan asosiy ikkita omil mavjud: “Birinchi omil bu Moldovada tug’ilish darajasining pasayganligi. 2010-yilda mamlakatda yoshlar (19-24 yosh) 424 ming nafarni tashkil etgan bo’lsa, hozirda ularning soni 245 ming atrofida. 2025-yilga borib ushbu ko’rsatkich 220 ming nafargacha kamayishi kutilmoqda.
Ikkinchi omil yoshlarning (19-24 yosh) xorijiy davlatlarga chiqib ketishi hisoblanib, har yili mamlakatni o’rtacha 4,5 ming nafarga yaqin yoshlar tark etadi”.

Fikr bildirish