Festivalni tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad Saxa (Yakutiya) Respublikasi yoshlarini Arktika hududlarida turli yo’nalishlarda tadqiqotlarni amalga oshirishga jalb etish hamda ushbu hududlarni ommalashtrishdir.
Tadbir davomida yoshlar – Arktikani rivojlantirish va Saxa Respublikasining Shimoliy xalqlari ishlari bo’yicha vazirligi tomonidan tayyorlangan, Arktika hududlarida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan ilmiy grant loyihalari, mehnat turlari va mavjud imkoniyatlar yuzasidan taqdimotlar bilan yaqindan tanishtiriladi.
Shuningdek, festival doirasida yoshlarning – suv xo’jaligi va gidrometeorologiya sohalarini malakali mutaxassislari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan bo’lib, tadbir yakunida “Yakutiya Arktikasi” mavzusida, yoshlarning mehnat turlariga bo’lgan qiziqishlari, hohish va istaklarini o’rganish bo’yicha ijtimoiy so’rovnoma o’tkaziladi.

Fikr bildirish