Ukrainada USAID (AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi) tashkiloti tomonidan “Orzu va harakat” dasturi doirasida mehnat bozori o’rganilib, yoshlar bandligi va tadbirkorligi massalalarida eng maqbul yo’nalishlar hamda yoshlar (18-35 yosh) ning ijodiy tarmoqlar, qishloq xo’jaligi, savdo va energetika sohalarida bandligini faol qo’llab-quvvatlovchi davlat va nodavlat sektoridagi hamkorlar aniqlangan.
Yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, yoshlar o’rtasida moliyaviy va raqamli savodxonlikni, ijtimoiy va texnik ko’nikmalarni oshirish, shuningdek, inklyuziv va kasb-hunar ta’limi uchun shart-sharoitlarni kengaytirishga e’tibor qaratish tavsiya qilingan.

Fikr bildirish