Joriy yilning 19-fevral kuni Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi va Fanlar akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumni imzolashdan koʻzlangan asosiy maqsad — bu sohalarda qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, huquqiy madaniyatni oshirish, mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan strategiyalarni qoʻllab-quvvatlash hamda qoʻmita faoliyatiga ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini faol jalb etish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Shu bilan birga, oʻzaro manfaatli dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikda konferensiya, seminar-trening, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlab oʻtildi.