Manitoba hukumati tomonidan 1-tur diabeti bo’lgan yoshlarning turmush tarzini yaxshilash maqsadida yaratilgan dasturlarga 6 mln AQSh dollar mablag’ ajratmoqda.
Provintsiyada 25 yoshgacha bo’lgan aholi uchun zamonaviy glyukometr va insulin pompalarini xarid qilish bo’yicha dasturlarni moliyalashtirish e’lon qilingan.
Ushbu dasturlar yordamida 1000 dan ortiq yoshlar qondagi qand miqdorini monitoringi va insulin pompalariga ega bo’lishi hamda yana 200 dan ortiq fuqarolar insulin pompalarini qo’shimcha mablag’ sarf qilmasdan foydalanishi mumkin bo’ladi.