Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi, O’zbekiston Milliy Universiteti va UNISEF bolalar jamg’armasi hamkorligida “O’zbekistonda ijtimoiy ish xodimlarini qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish xalqaro standartlari” loyihasi doirasida 4 oylik onlayn qayta tayyorlov kursi tashkil etildi.
Kurs davomida tinglovchilar – vaziyatni baholash, ijtimoiy muammosi bor shaxslar va guruhlarda kambag’allik, zo’rovonlik, diskriminatsiya masalalarida hamda nogironligi bo’lgan shaxslarga yordam ko’rsatish bo’yicha bilimlarini oshirishdi. Onlayn qayta tayyorlov kursi yakunida tinglovchilar soha ekspertlari va professor-o’qituvchilardan tarkib topgan himoya komissiyasiga bitiruv malakaviy ishlarini taqdim etdilar, va ilmiy ishlarini himoya qildilar.
Tinglovchilarimizni, 4 oylik onlayn qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabriklab, keyingi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz.