“Kvantorium” mobil texnoparki ilg’or IT-texnologiyalari bilan ta’minlangan bo’lib, loyiha maqsadi – chekka hududlarda istiqomat qiluvchi maktab o’quvchilarida zamonaviy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tadbir doirasida malakali IT-mutaxassislari ma’lum vaqt davomida masofaviy tarzda ta’lim berishadi, 1-2 oy muddatdan so’ng o’quvchilar o’zlarining IT loyihalarini ishlab chiqishadi va ularni taqdimot qilishadi.
Ushbu tadbir yoshlarga dasturlash tillari, robototexnika hamda 3D texnologiyalarini hech qanday to’lovlarsiz o’rganish imkoniyatini beradi.

Fikr bildirish