2025-yil 12–14-dekabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan IV. Xalqaro Turk va Jahon Ayollari Tadqiqotlari Kongresida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti dotsenti Mirxoliqova Charos Xabibullaevna “Lider ayollarda ma’naviy intellektni shakllantirish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Mazkur kongress ayollar yetakchiligi, ijtimoiy-psixologik rivojlanish, madaniy va ilmiy hamkorlik masalalarini xalqaro miqyosda muhokama qilish uchun muhim ilmiy platforma bo‘ldi.

Bunday nufuzli ilmiy anjumanda qatnashish – bilim almashish, yangi akademik aloqalar va tajriba orttirish uchun katta imkoniyat.
