AQShning “Joseph & Elizabeth Shaw Public Library” kutubxonasi bolalar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida yangi loyiha ishlab chiqdi.
Kutubxona hodimi ReoNason: “Bolalar bog’chasigacha 1000 ta kitob” loyihasini joriy yilda amaliyotga tadbiq etish rejalashtirilgan bo’lib, loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad – 6 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida kitob o’qishga bo’lgan qiziqishni oshirish”.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, ota-onalarning o’z farzandlariga 3 yoshidan boshlab kitob o’qib berishi yoki o’qitishi, bolalarning miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va bolalar 6 yoshgacha xorijiy tillarni oson va tez o’zlashtirishlariga yordam beradi.