Bat Universiteti tomonidan o’tkazilgan tadqiqotda 16-25 yoshdagi 10 mingga yaqin yoshlar qamrab olinib, ularning 60 foiziga yaqini iqlim o’zgarishlaridan xavotirda ekani ma’lum bo’lgan. Respondentlarnig 45 foizi bugungi iqlim o’zgarishlari ularning kundalik xayotiga ta’sir ko’rsatishini ta’kidlagan. Ushbu muammo sababli yoshlarning 75 foizi o’z kelajagidan havotirdaligini, yarimidan ko’pi esa (56%) insoniyat xavf ostida deb ta’kidlagan.
Shuningdek, tadqiqotda ishtirok etgan aksariyat yoshlar, bugungi kunda hukumat iqlim o’zgarishlarini oldini olish bo’yicha samarali choralar olib bormayotganidan norozi ekanliklarini bildirishgan.