Joriy yilning aprel–may oylarida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti mutaxassislari tomonidan Respublika hududlarida istiqomat qiluvchi yoshlarning hayotiy qadriyatlarini yaqindan o’rganish maqsadida tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
Bugungi kunda tadqiqot doirasida Respublika hududlaridan olingan ma’lumotlar maxsus elektron bazaga kiritilib, qayta ishlash jarayoni ustida ish ketmoqda (tadqiqotda 1,5 mingga yaqin turli qatlam yosh aholisi qamrab olingan).