Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko’ra, Germaniyada yarim mln. dan otriq imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar mavjud bo’lib, ularning 25% umumta’lim maktablarida va qolgan 75% maxsus maktab-internatlarda tahsil oladi.
Mamlakatda 13 turdagi maxsus (korreksion) ta’lim muassasalari mavjud. Biroq, bunday maktablar o’z faoliyatini qoniqarsiz namoyon etib, o’quvchilarning deyarli 80% ushbu dargohlarni tark etadi. Shu sababli, Germaniyaning ta’lim tizimi – alohida ehtiyojli bolalar sog’lom tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olishi uchun inklyuziv ta’limga bosqichma-bosqich o’tmoqda.

Fikr bildirish