Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti ilmiy xodimlari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilari ishtirokidagi seminar-treninglar davom etmoqda. Bugungi, 5-aprel sanasida bo‘lib o‘tgan seminar-trening «Ilmiy tadqiqot strukturasi va tadqiq jarayoni» mavzusiga bag‘ishlandi. Trening davomida tinglovchilar ilmiy tadqiqot mazmun-mohiyati, tadqiqot tarkibiy qismlari, ilmiy tadqiqotdagi obyektivlik va subyektivlik xususiyatlari, tadqiqot metodlari va metodologiyasi, ilmiy tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari, manbalar bilan ishlash va ularni tizimlashtirish usullari hamda tadqiqot natijalarining asosiy belgilari yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishga muvaffaq bo‘ldilar. Dars siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) To‘ychiyeva Raʼno tomonidan olib borildi va samarali tashkil etildi.
Tinglovchilar tomonidan ilmiy tadqiqotning obyekt va predmetini aniqlash, o‘rganilayotgan adabiyotlarni tartiblash va ilmiy tadqiqot natijalarining joriylanishi borasida berilgan savollarga taqdimotlarda ko‘rsatilgan namunalar orqali javoblar olindi. Taʼkidlash lozimki, o‘tqazilgan trening tadqiqotchilar tomonidan mazmunli, samarali va foydali bo‘ldi, deya baholandi. Talab va takliflardan kelib chiqib, mazkur yo‘nalishdagi seminarlar doimiy ravishda o‘tqazilib boriladi.