2026 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida yuksak saviyadagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli anjumanda Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining doktorantlari tinglovchi sifatida ishtirok etdilar.

“Vatan va davlat ravnaqiga bag‘ishlangan asriy matonat” mavzusidagi ushbu tadbir taniqli olim va davlat arbobi, akademik, texnika fanlari doktori, professor Oqil Umurzoqovich Salimovning hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyatiga bag‘ishlandi.

Tadbirning muhim jihatlari:
Faxriy unvon: Tadbir davomida Oqil Umurzoqovich Salimovga Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Faxriy professori unvoni tantanali ravishda topshirildi.
Intellektual asos: Ishtirokchilar akademikning ilmiy merosi nafaqat milliy ilm-fan taraqqiyoti, balki zamonaviy davlat boshqaruvi tizimi uchun kadrlar tayyorlashda ham muhim poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdilar.

Ilmiy izdoshlik va tajriba:
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining doktorantlarining bunday miqyosdagi tadbirda ishtirok etishi ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Akademik darajasidagi olimlarning boy hayotiy va ilmiy tajribasini bevosita o‘rganish yosh tadqiqotchilarimiz uchun kasbiy mahorat maktabi vazifasini o‘taydi.
Institutimiz rahbariyati ta’kidlaganidek, yosh olimlarning bu kabi yuqori darajadagi ilmiy maydonlarda bo‘lishi ularda vatanparvarlik, ilmga sadoqat va davlat boshqaruvi an’analariga hurmat ruhini yanada mustahkamlaydi.
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining jamoasi ustoz Oqil Umurzoqovich Salimovni yuksak e’tirof bilan muborakbod etadi va ilmiy an’analarni davom ettirish yo‘lida faol izlanishda davom etadi.

