Rossiya Federatsiyasining Vologda shahrida prezident grantlari asosida moliyalashtiriladigan an’anaviy hunarmandchilik maktabining ochilishi rejalashtirilgan.
Loyiha maqsadi – xalq amaliy va badiiy san’atini turli interaktiv dasturlar, ko’rgazmalar va mahorat darslari orqali aholiga yetkazish. Maktabda o’quvchilarga kulolchilik, savat to’qish, yog’och o’ymakorligi va shu kabi kasb-hunar turlari o’rgatiladi.
O’quvlar joriy yilning oktyabr oyida boshlanib, keyingi yilning may oyiga qadar davom etadi.

Fikr bildirish