Institutning 2021 o’quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o’quv kursida o’quv jarayonlari 2021-yil 22-fevraldan boshlandi. 15 haftalik o’quv jarayonlari yakunlari bo’yicha tinglovchilar o’z mutaxassislik va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda “Boshqaruv ko’nikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish” kafedrasi tomonidan tasdiqlangan Bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bo’yicha Davlat attestatsiya komissiyasi ishtirokida himoya jarayonlari bo’lib o’tishi belgilangan.


Joriy yilning 16-17 iyun kunlari Davlat attestatsiya komissiyasi ishtirokida 2021 o‘quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoya jarayonlari bo’lib o’tmoqda. Himoya jarayonida tinglovchilar tomonidan BMI mavzusi doirasida aniqlangan dolzarb muammolar va ularni hal etish bo’yicha yechim hamda taklif bildirilmoqda.
Komissiya a’zolari tomonidan BMI mavzusi doirasida turli savollar va fikr mulohazalar keltirib o’tilmoqda.




Fikr bildirish