Joriy yilning 22-noyabr kuni Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida “Global oʼzgarishlar sharoitida zamonaviy yoshlar: muammolar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʼlib oʼtdi.

Konferensiyada Respublikamizning turli ilmiy tadqiqot va taʼlim tashkilotlarida soha mutaxassislari hamda professorlar ishtirok etib yoshlarni oilaga tayyorlashning pedagogik-psixologik masalalari, Yangi Oʼzbekistonda yoshlarni kasbga yoʼnaltirish, zamonaviy yoshlarning huquqiy muammolari yuzasidan fikr va mulohazalarini boʼlishishdi.

Konferensiya yakunida mutaxassislar ushbu sohada hamkorlikni davom ettirish va islohotlar samaradorligini oshirishda birgalikda harakat qilishga kelishib olishdi.

Fikr bildirish