O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 18-20 noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidagi nutqlarida mahalla yettiligi oldiga ko‘plab vazifalar qo‘yilgan edi. Ushbu vazifalarni mahalla yoshlar yetakchilariga yetkazish, ularning 2024-yil davomida erishgan natijalarini sarhisob qilish va istiqboldagi rejalarini belgilash maqsadida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida joriy yilning 9-14 yanvar kunlari mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun qisqa muddatli o‘quv seminari tashkil etish rejalashtirilgan.

“Yoshlar yetakchilari forumi-2025″ loyihasida seminar-treninglar o‘tkazildi. Forum davomida tajribali spikerlarimiz va institutimiz jamoasi tomonidan yetakchilarimizga liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoani boshqarish va shu kabi boshqa qiziqarli hamda muhim mavzularda seminar-treninglar o‘tkazildi. Shu bilan birga mamlakatimizning yirik tadbirkorlari ishtirokida uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi.

 

Fikr bildirish