“STRATEGIK KUCH” XALQARO-ILMIY JURNALINING 2023-YIL 2-SONI UCHUN MAQOLALAR 31-IYUL KUNIGA QADAR QABULI DAVOM ETADI
JURNAL TALABI
Jurnalga yoshlar dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan maqolalar qabul qilinadi, xususan davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari yoshlar faoliyati, istiqbolli yosh kadrlarni yetishtirish, yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim menejmenti, liderlik salohiyatini rivojlantirish va boshqa yoshlarga oid masalar jalb qilinadi.
Tahririyatga taqdim etiladigan materiallar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
1. Maqolaning matni Word shaklida tayyorlanishi.
2. Shrift – Cambria, 14 shrift kegeli (hajmi) bo‘lishi.
3. Satrlar orasidagi masofa 1,5 interval bo‘lishi.
4. Maqolaning tuzilishi quyidagicha bo‘lishi kerak: annotatsiya (50 ta so‘zgacha) va kalit so‘zlar
(10 tagacha) o‘zbek, rus, ingliz tillarida, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar.
5. Diagramma, rasm va jadvallar rangli bo‘lishi shart.
6. Havolalar OAKning adabiyotlarga qo‘yilgan talablari bo‘yicha berilishi kerak.
7. Maqolaning umumiy hajmi 15 betdan 20 betgacha, A4 formatida beriladi.
8. Maqola nomi, muallif(lar)ning ism-sharifi, ish joyi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) berilishi, telefon raqami, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi kerak.
9. Maqolalar strategikkuchjurnal@gmail.com manzili orqali 2023-yilning 31-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.
10. Tahririyatga taqdim etilgan maqolalarning chop etilishi yoki chop etilmasligi haqidagi qarorni Tahrir hay’ati qabul qiladi.
Jurnal yuqoridagi talablarga javob bermaydigan qo‘lyozmalarni qaytarish huquqiga ega.
💰MUTLAQO BEPUL!
FAOL BOʻLING‼️
☎️ 91 779 69 75
P.S. Jurnalning birinchi soni bilan tanishish uchun havolani bosing https://yomi.uz/strategik-kuch-jurnali_2/