Bugun Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tayanch doktoranti A.Usmonovning “Tashkilotda xodimlarni boshqarishning tashkiliy-motivatsion mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari” mavzusida 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy natijalari Institutning “Boshqaruv ko‘nikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish” kafedrasida muhokama qilindi.

 

A.Usmonov ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi, ahamiyati, ilmiy yangiligi professor o‘qituvchilar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Muhokama so‘ngida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi keyingi bosqichlarda muhokama qilish uchun tavsiya etildi.

 

 

Fikr bildirish