Joriy yilning 12-fevral kuni Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasida “Davlat siyosati va boshqaruvi sohasidagi zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 10 dan ortiq davlatdan 120 nafardan ziyod olimlar, ekspertlar va mutaxassislar ishtirok etib, davlat boshqaruvida raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, data-driven qarorlar qabul qilish hamda inson kapitalini rivojlantirish masalalarini yuzasidan fikr almashdilar.

 

 

Konferensiyada Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti xodimlari va doktarantlari ham ishtirok etdilar. Ular tadbir davomida ekspertlarning taqdimotlarini kuzatib, ilmiy-amaliy bilimlarni o‘zlashtirish hamda yoshlar siyosati va kadrlar tayyorlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

 

 

Fikr bildirish