Xitoyda 14 yoshgacha boʼlgan bolalarning Tik Tok dasturidan foydalanishiga boʼlgan vaqt cheklovi kunlik 40 daqiqani tashkil etadi. Yosh foydalanuvchilar ertalabki soat 6 dan kechgi 10 ga qadar ushbu dasturdan foydalanish huquqiga ega hisoblanadi. Oʼrnatilayotgan cheklovlar yoshlarning Internet qaramligini oldini olishgа qaratilgan.
Hozirda 600 milliondan ortiq Xitoy aholisi ushbu dasturning faol foydalanuvchisi hisoblanadi.