YOSHLARNING TIK TOK DAN FOYDALANISHIDA CHEKLOVLAR: XITOY

Xitoyda 14 yoshgacha boʼlgan bolalarning Tik Tok dasturidan foydalanishiga boʼlgan vaqt cheklovi kunlik 40 daqiqani tashkil etadi. Yosh foydalanuvchilar ertalabki soat 6 dan kechgi 10 ga qadar ushbu dasturdan foydalanish huquqiga ega hisoblanadi. Oʼrnatilayotgan cheklovlar yoshlarning Internet qaramligini oldini olishgа qaratilgan. Hozirda 600 milliondan ortiq Xitoy aholisi ushbu dasturning faol foydalanuvchisi hisoblanadi.

O`qishni davom ettirish

OILAVIY ZO’RAVONLIKDAN JABRLANGAN YOSHLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH: PORTUGALIYA

Portugaliyada butun mamlakat bo’ylab 31 ta jamoa oilaviy zo’ravonlikdan jabrlangan bolalar va yoshlarga psixologik va psixoterapevtik yordam ko’rsatadilar. Jamoalar tarkibi aynan ushbu qatlam yoshlari bilan ishlash bo’yicha 67 nafar yangi psixolog-mutaxassislardan shakllangan. Ular yoshlarga maxsus psixologik va psixoterapevtik yordam ko’rsatadilar.

O`qishni davom ettirish

“ПОКОЛЕНИЕ ZОЖ” ONLAYN FORUMI: ROSSIYA

Joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari Rossiya tibbiyot volontyorlari “Demografiya” milliy loyihasi doirasida yangi avlod yoshlarining sog’lom turmush tarzi bo’yicha “Поколение ZОЖ” forumini tashkil etadi. Forumning maqsadi – yoshlarda sog’lom turmush tarzi madaniyatini yuksaltirish. Ushbu forumda tibbiyot sohasining yetakchi mutaxassislari, sportchilar, bloggerlar yoshlarga onlayn munozaralar, treninglar va mahorat darslarini o’tishi rejalatirilgan.

O`qishni davom ettirish

YOSHLAR DISKRIMINATSIYASI: QOZOG’ISTON

“Qozog’iston mehnat bozori bo’yicha birinchi milliy hisobot” mualliflari tomonidan Qozog’istonda yoshlarni yosh bo’yicha diskriminatsiyasi mavjud ekanligi ma’lum qilindi. Qozog’istonlik yoshlar duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida Mehnat resurslarini rivojlantirish markazining Strategiya va loyihaviy boshqaruv bo’limi boshlig’i Aleksandra Molchanovskaya ma’lum qildi: “Bugungi kunda jamiyatda yosh bo’yicha diskriminatsiyaning mavjudligi, sifatli ta’limning yo’qligi va pandemiya yoshlar holatini og’irlashtirmoqda”.

O`qishni davom ettirish

IQLIM O’ZGARISHLARI: TADQIQOT (BUYUK BRITANIYA)

Bat Universiteti tomonidan o’tkazilgan tadqiqotda 16-25 yoshdagi 10 mingga yaqin yoshlar qamrab olinib, ularning 60 foiziga yaqini iqlim o’zgarishlaridan xavotirda ekani ma’lum bo’lgan. Respondentlarnig 45 foizi bugungi iqlim o’zgarishlari ularning kundalik xayotiga ta’sir ko’rsatishini ta’kidlagan. Ushbu muammo sababli yoshlarning 75 foizi o’z kelajagidan havotirdaligini, yarimidan ko’pi esa (56%) insoniyat xavf ostida deb ta’kidlagan. Shuningdek, tadqiqotda…

O`qishni davom ettirish

4 oylik qayta tayyorlash kursi bo’yicha test sinovlari kuni belgilandi

O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik asoslari fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari 2021-yil 20-sentabr kuni 2-smenada Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko’chasi, 45-uy,  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosi (kirish orqa tomondagi avtoturargoh tarafidan)da  bo’lib o’tadi.   Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko’chasi, 45-uy. Mo‘ljal: Metroning…

O`qishni davom ettirish

YOSH SAYLOVCHI – 2021: BUXORO – NAVOIY

Joriy yilning 15-16 sentyabr kunlari “Yosh saylovchi – 2021’’ loyihasi doirasida Buxoro viloyatining Buxoro shahrida va Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tadbirlar o’tkazilib, ularda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari mutaxassislari, yoshlar va OAV vakillari ishtirok etishdi (jami –…

O`qishni davom ettirish

TURKMANISTONDA YOSHLAR HUQUQLARI BO’YICHA LOYIHA: BUYUK BRITANIYA – BMT

Buyuk Britaniyaning Ashhoboddagi elchihonasi BMT ning Aholishunoslik jamg’armasi (UNFPA) bilan birgalikda Turkmanistonda inson huquqlarini targ’ib qilish bo’yicha loyihani amalga oshiradi. Loyiha – inson huquqlari, uning qadr qimmati, yoshlar huquqlari hamda huquqni muhofaza qilish organlari hodimlarining mamlakat fuqarolariga bo’lgan munosabatlari kabi masalalarni qamrab olgan.

O`qishni davom ettirish

YOSHLARNI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASH: MANITOBA (KANADA)

Manitoba hukumati tomonidan 1-tur diabeti bo’lgan yoshlarning turmush tarzini yaxshilash maqsadida yaratilgan dasturlarga 6 mln AQSh dollar mablag’ ajratmoqda. Provintsiyada 25 yoshgacha bo’lgan aholi uchun zamonaviy glyukometr va insulin pompalarini xarid qilish bo’yicha dasturlarni moliyalashtirish e’lon qilingan. Ushbu dasturlar yordamida 1000 dan ortiq yoshlar qondagi qand miqdorini monitoringi va insulin pompalariga ega bo’lishi hamda yana…

O`qishni davom ettirish