Tadqiqot faoliyati

Joriy yilning aprel oyidan boshlab Institut tomonidan mamlakatning barcha hududlarida yosh rahbarlarning bugungi dolzarb muammolari hamda yosh oilalarda zo‘ravonlik va ajrashish holatlariga sabab bo‘layotgan omillarni yaqindan o‘rganish bo‘yicha tadqiqot jarayonlari amalga oshirilmoqda.

O`qishni davom ettirish

“Xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar yozish tartibi va uning bosqichlari” mavzusida seminar-trening

  O‘zbekiston milliy universiteti doktoranti, fransiyalik Anne-Charlotte Marcombe tomonidan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadlarni tayyorlash instituti doktoratlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan treningda ilmiy maqola yozish usullari, mavzu tanlash, maqolalarni xorijiy jurnallarga berish bosqichlari va tartibi, shuningdek, ilmiy maqolalarni xorijiy jurnallarda chop ettirish uchun qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor berish kerakligi haqida misollar orqali…

O`qishni davom ettirish

O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni xotirlab

Bugun, 28 fevral sanasida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti ilmiy xodimlari, doktorantlar va mustaqil izlanuchilari poytaxtimizda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida yoshlar haykaltarosh, rassom va fotograf mutaxassislar tomonidan Islom Karimov siymosiga bag‘ishlab yaratilgan noyob sanʼat namunalari bilan tanishdilar. Shuningdek, Islom Karimovning bolalik,…

O`qishni davom ettirish

«Tanqidiy fikrlash, salbiy va ichki qarama-qarshi fikrlar» mavzusi

Joriy yilning 22 fevral sanasida Institutimiz tinglovchilari bilan “Toy Bola” brendi asoschisi Anvar Abduqayum ishtirokida davra-suhbati tashkil etildi. Ushbu uchrashuv “Tanqidiy fikrlash, salbiy va ichki qarama-qarshi fikrlar” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, har bir rahbar faoliyatida tanqidiy tafakkur, mental tafakkur, kreativ tafakkur, o‘zini o‘zi tanqid qilish, deduksiya va induksiyaning ahamiyati haqida ish tajribasidan misollar orqali ochib berildi….

O`qishni davom ettirish

«Zamonaviy menejmentda rahbar va xodim munosabatlari» mavzusida

Joriy yilning 21 fevral kuni Institutning istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun taniqli tadbirkor, “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov tomonidan “Zamonaviy menejmentda rahbar va xodim munosabatlari” mavzusida seminar, ya’ni master-klass tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot yosh rahbarlarda zamonaviy boshqaruv uslublari hamda rahbarlik xislatlarini rivojlantirish sir-asrorlariga bag‘ishlangan bo‘lib, Murod Nazarov tomonidan yosh rahbarlarni hozirgi kunda…

O`qishni davom ettirish

Tadqiqot olib borish, milliy va xalqaro ilmiy nashrlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti ilmiy xodimlari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarining tadqiqot olib borish metodologiyasi bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshirish maqsadida Ilmiy bo‘lim tomonidan tashkil etilgan seminar-treninglarning 1-bosqichi yakunlandi. Joriy yilning 10 fevral kunidan ish boshlagan seminar-treninglar «Ilmiy maqola matnini tayyorlash talablari», «Online Writing Lab (OWL) platformasi bilan ishlash», «Ilmiy…

O`qishni davom ettirish

«Tadqiqot olib borish metodologiyasi» mavzusida seminar-trening

Ilmiy tadqiqot olib borishni to‘g‘ri tashkil qilish natijaning tez va samarali bo‘lishiga xizmat qilishini barchamiz yaxshi bilamiz. Mamlakatimizda ilmiy sohaga bo‘lgan eʼtiborning ortayotgani tadqiqotchilar va olimlarga yangi imkoniyatlar berishi bilan birga jiddiy masʼuliyat ham yuklaydi. Ilmiy tadqiqot ishlari shakl, mazmun va sifat jihatidan xalqaro standartlarga javob berishi kerakligi talab etiladi. Shularni hisobga olgan holda, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli…

O`qishni davom ettirish

Qon donorligi haftaligi

Maʼlumki, 5-10 fevral kunlari mamlakatimizda «Qon donorligi haftaligi» deb eʼlon qilingan. Joriy yilning 9 fevral kuni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti tinglovchilari hamda xodimlari ham «Men donorman»loyihasini o‘tkazishda faol ishtirok etdilar.

O`qishni davom ettirish

Ingliz tili uchun 18 platforma

Hurmatli doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar Ingliz tili darajangizni oshirish va mustaqil o‘rganishga yordam beruvchi 18 ta foydali platforma siz uchun: LingvoHabit Duolingo Puzzle Inglizcha Busuu RavonU Haqiqiy ingliz Xotiralash BBC tillari Lingualeo Situatsion ingliz tili LearnEnglish Amerika ingliz tilini onlayn bilib oling Learn Ororo.tv Noldan inglizcha Ingliz tili Neperevodimoe ABC Learning English

O`qishni davom ettirish