Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga ko’ra, bugungi kunda mamlakat yoshlari o’zining bo’sh vaqtlarini – badiiy kitob o’qish va ilm o’rganish (17%), televizor tomosha qilish va radio tinglash (14%), qo’shimcha ishlash, mablag’ orttirish (14%), Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, kompyuter o’yinlari (13%), sport, fitnes bilan shug’ullanish (12%), sayr qilish va do’stlar bilan uchrashish (9%), diniy bilim olish (8%), xorijiy tillarni o’rganish (7%), kafe, restoran, choyxona va diskotekalarga tashrif buyurish (3%) hamda kino, teatr, muzeylarga borish (3%) orqali o’tkazmoqdalar.