✅Joriy yilning 2-aprel kuni Institutning istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining Besh tashabbus loyihalarini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Olimov Sherzod Murodullayevich tomonidan “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining me’yoriy-xuquqiy asoslari” mavzusida seminar, ya’ni master-klass tashkil etildi.
✅Mazkur mashg‘ulot yosh rahbarlarda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining me’yoriy-xuquqiy asoslari mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, Olimov Sherzod Murodullayevich tomonidan yosh rahbarlarni hozirgi kunda qiynayotgan yoshlar sohasidagi muammolariga javob topishda tavsiyalar berib o‘tdi. Shuningdek, bo‘lajak rahbarlarga yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechim topish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirish muhimligi haqida ta’kidladi.